Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizning barcha hududlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish, ularga munosib turmush sharoitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Odamlarning kundalik kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan masalalarni o‘rganib, hal etish orqali mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida tuzilgan Respublika vakillaridan iborat ishchi guruh ayni kunlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida bo‘lib turibdi va hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida har bir sohalar kesimida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali tomonidan ham aholi murojaatlarini yechimga keltirish, ularni mushkulini oson qilish choralari ko‘rilmoqda.
Tumanning «Bo‘ston» mahallasidagi Usmonovlar oilasi ushbu hududga ko‘chib o‘tganiga endigina 5 oy bo‘ldi, uy-joy tiklash bilan ovora bo‘lgan yosh oilaning gaz ballonga ehtiyoji bor edi, ularga gaz ballon bilan birgalikda gaz plitasi ham olib berildi. Shu mahallada yashovchi Abdurasul Sattorov ham gaz ballon bilan ta’minlandi.
«Tagijar» mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Hamroxon Toshxo‘jayevaga esa filial tomonidan gaz plitasi va isitish jihozlari olib berildi.
Bundan tashqari, tumanning «Ququmboy» mahallasida yashovchi Olimjon Rahimovning xonadoni qarzdorligi bois tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib qolgan edi. Ushbu muammo bartaraf etilib, ta’minot qayta tiklandi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati