Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali tomonidan olis manzillarga suyultirilgan gaz bir maromda yetkazib berilmoqda.
Kosonsoy tumani ham viloyatning olis hududlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda hozirda 37 123 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud. Ularga maxsus maishiy gaz ballon tashiydigan 8 ta avtotransport vositalari orqali suyultirilgan gaz yetkazib beriladi, har bir suyultirilgan gaz tashiydigan avtotransportlar «aylanma» ko‘rinishda 110 dona maishiy gaz ballonlar bilan ta’minlangan. Iste’molchilarga oyma oy, belgilangan reja asosida suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Bugun ham tumanning «Ozod» mahallasi aholisiga rejaga asosan xizmat ko‘rsatildi. Bu yerda 776 nafar iste’molchi mavjud bo‘lib, ularda 857 dona maishiy gaz ballonlari bor, shundan 728 dona filial tomonidan foydalanish uchun ijara shartnoma asosida berilgan. Barcha iste’molchilar to‘liq ID karta bilan ta’minlangan. Mazkur mahallaga yil boshidan buyon 104,7 tonna, shundan 15 dekabr kuni 4,4 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan buyon tuman aholisi 5409,4 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, dekabr oyida tumandagi iste’molchilarga 520 tonna 200 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan, shu kunga qadar esa 234,4 tonna suyultirilgan gaz iste’molchilar xonadoniga yetkazib berildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati