Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Nafaqat aholi xonadonlari, balki ijtimoiy obyektlarda ham gaz jihozi bilan bog’liq mavjud muammolarning oldini olish maqsadida soha xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Gaz uskunalari texnik, profilaktik ko’rikdan o’tkazilmoqda.
Xususan, “Buxorotumangaz” gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan bugunga qadar 418 ta obyektda texnik, profilaktik ko’riklar tashkil etilib, 70 mingdan ortiq gaz jihozlari ko’rikdan o’tkazildi. Energotejamkor gaz uskunalari o’rnatildi, yo’riqnomalar tarqatildi. Muhimi, tumandagi 26 ta umumta’lim maktabi va 19 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham xavfsizlik ta’minlandi.
Bugunga qadar viloyat bo’yicha 4376 ta ulgurji iste’molchilarning 452176 ta gaz jihozlariga texnik, profilaktik xizmat ko’rsatildi.
Gaz jihozlaridan to’g’ri foydalanish, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joylarda targ’ibotlar davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati