Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublika ishchi guruhi boshchiligida aholini qiynab kelayotgan muammolarni yechimga keltirish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi ishlar davom etmoqda.
Xususan, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 967 nafar aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tabiiy gaz bosimini doimiy bir me’yorda taqsimlash uchun yuqori, o‘rta va past bosimli jami 80ta GTQ (GRP)lar navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazildi. 20,8 km gaz quvurlari esa qayta nazorat qilindi.
Shuningdek, tabiiy gazdan qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilarga 9,850 mln so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Bundan tashqari, aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari ham tashkil etildi. Unda tabiiy gazdan oqilona, xavfsiz foydalanish va energiya tejamkor gaz jihozlarini o‘rnatish hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha 1000 dan ortiq iste’molchilarga eslatmalar tarqatildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati