Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari shu kunlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida bo‘lib turibdi. 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat mazkur ishchi guruh uyma-uy yurib, aholi muammolarini va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi mavjud kamchiliklarni o‘rganib, joyida yechimga keltirish choralarini ko‘rmoqdalar.
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali tomonidan ham aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Tumanda ayni paytda 37 133 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularga 118,14 tonna syultirilgan gaz yetkazildi. 278 nafar iste’molchiga shartnoma asosida yangi gaz ballon berildi. Tuman hududidagi kam ta’minlangan aholidan 19 nafariga gaz plitasi olib berildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati