Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga qish mavsumida suyultirilgan gazni bir maromda yetkazib berish borasida ish tashkil etilmoqda.
Norin tumanining “Bobur” mahallasiga ham “Norin tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan aholining maishiy ehtiyojlari uchun suyultirilgan gazga to‘ldirilgan gaz ballonlari oyma oy, o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, gaz ballonlarini tarqatish davomida turli baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun undan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozimligi ham xodimlar tomonidan tushuntirib o‘tilmoqda.
– Mazkur mahallada 470 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlari soni 520 tani tashkil etadi. Har 35-40 kun orasida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilyapti. Yil boshidan iste’molchilar 124,8 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, bugunning o‘zida 511 dona maishiy gaz ballonlarida 10 220 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi, – deydi “Norin tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi rahbari Shokirjon Umirzaqov.
Bu kabi sa’y-harakatlar aholi turmush darajasini ko‘tarish, odamlar duch kelayotgan muammolarni joyida hal qilish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish borasidagi amaliy ishlarning namunasidir.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati