Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarni qish mavsumida suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish choralari ko‘rilmoqda. Dam olish kunlarida ham maxsus tashkil etilgan brigada tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatildi.
Masalan, To‘raqo‘rg‘on tumanining “Begavot” mahallasidagi iste’molchilarga “To‘raqo‘rg‘on tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan suyultirilgan gazga to‘ldirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
Gaz ballonlarini tarqatish davomida turli baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun undan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozimligi bo‘yicha tushuntirishlar ham berib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, “Begavot” mahallasida 1081 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlari soni 1256 tani tashkil etadi. 2023 yilning ilk kunlarida iste’molchilar 126 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, bugunning o‘zida 468 dona maishiy gaz ballonlarida 9,4 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati