Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatida 206 388 nafar tabiiy gaz iste’molchilari, 432 115 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud, shuningdek, 2 705 ta ulgurji iste’molchilar ham bor.
Viloyat bo‘yicha jami 1 046 359 ta gaz jihozlari mavjud bo‘lib, ularning 605 945 tasi tabiiy gaz iste’molchilariga, 8 409 tasi ulgurji iste’molchilarga, 432 115 tasi esa suyultirilgan gaz iste’molchilariga tegishli.
Ta’kidlash joiz, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali “Servisni rivojlantirish” xizmati tomonidan 2022 yil davomida 536 078 ta gaz anjomlariga texnik xizmat ko‘rsatildi.
Shuningdek, aholi va ulgurji iste’molchilarining 7948 dona gaz yondirgichlari zamonaviy energiya tejamkor gaz jihozlariga almashtirildi.
Ma’lumot uchun, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali “Servisni rivojlantirish” xizmatida 235 nafar xodim mavjud. Ulardan 217 nafari xizmat ko‘rsatuvchi chilangarlar bo‘lib, 15 nafari ulgurji iste’molchilarga, 202 nafari esa aholi iste’molchilarga xizmat qiladi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati