Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Shu kunlarda anomal sovuq havo yurtimizga kirib kelayotganligi sababli "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining tuman gaz ta'minoti bo‘limlari tomonidan gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish maqsadida targ‘ibot, tashviqot ishlari yanada kuchaytirilmoqda.
Bu kabi targ‘ibot ishlari "Olmazortumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi mas'ul xodimlari va "Dudbo‘ron xizmati" MCHJ xizmatchilari hamkorligida tumandagi "Gulzor" mahallada istiqomat qilayotgan aholi xonadonlarida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xonadonma-xonadon yurilgan holda har bir iste'molchiga is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda gazdan xavfsiz, to‘g‘ri foydalanish borasida tushuntirishlar berildi. Bu kabi targ'ibotlardan asosiy maqsad aholi xavfsizligini ta'minlashdir.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati