Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga qish mavsumida suyultirilgan gaz bir maromda yetkazib berilmoqda.
Bu bo'yicha viloyatning shahar va tumanlarida “Mahallabay” ishlash mexanizmi asosida ishlar tashkil etilib, har bir mahalla ko‘chalarini kunlik suyultirilgan gaz bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
2023 yilning dastlabki 7 kunida ishlab chiqaruvchi zavodlardan vagon-sisternalar orqali keltirilgan 1126 tonna suyultirilgan gaz 55750 nafar iste’molchiga yetkazib berildi. Jumladan, 7 yanvar kuni 13395 nafar iste’molchi tasdiqlangan jadvalga asosan “ID” karta orqali 268 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi.
Ma’lumot uchun, 1 kg suyultirilgan gaz narxi 1120 so‘m bo‘lib, bir dona 20 kg maishiy gaz ballondagi suyultirilgan gaz iste’molchilarga 22400 so‘mdan yetkazilmoqda.
Aholining kundalik iste’mol ehtiyojlarini qondirish borasidagi sa’y-harakatlar suyultirilgan gaz tizimi ishchi-xodimlari tomonidan muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati