Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Namangan shahar gaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan markazlashgan holatda Namangan shahri va shahar tarkibiga kiruvchi Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlaridagi 60 mingdan ortiq xonadonlarga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.
Shahar hokimi G‘ofur Jamolov bo’limda xizmat ko’rsatish sifatini oshirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Ta’kidlash joiz, iste’molchilarni suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish uchun bo’limda 10 ta maxsus xizmat mashinasi va tajribali xodimlar faoliyat olib borishmoqda.
Bir kunning o’zida shahar mahallalaridagi 1398 nafar iste’molchiga 27 tonnadan ortiq suyuq gaz tarqatildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati