Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘lkamizda bahor fasli bo‘lishiga qaramay, tabiatda qish nafasi sezilmoqda. Tinimsiz yomg‘ir, ayrim hududlarda yomg‘irning qorga aylanishi, havo haroratining keskin darajada pasayishi ko‘pgina sohalar, jumladan gaz ta’minoti xodimlaridan ham mas’uliyatni oshirishni taqozo etmoqda.
Aytish kerak, respublikamiz hududida tinimsiz sovuq havo iqlimi kuzatilishi munosabati bilan gaz iste’moliga bo‘lgan talab yuqori. Demak, nafaqat soha xodimlari, iste’molchilar ham bu borada mas’uliyatni oshirishlari lozim.
Shu bois, iste’molchilardan is gazidan zaharlanish va boshqa noxush holatlarning oldini olish uchun:
__ gazdan xavfsiz foydalanish;
__ gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik;
__ isitish pechlari va gaz plitalari ustida kiyim-kechaklarni quritmaslik;
__ nosoz, qo‘lbola va nostandart usulda yasalgan pechlarni ishlatmaslik;
__ gaz plitalaridan xonani isitish maqsadida foydalanmaslik;
__ gaz ballonlarini isitish vositalariga yaqin o‘rnatmaslik;
__ gaz uskunasini o‘zboshimcha ta’mirlamaslik kerakligi so‘raladi.
Agar xonadonda gaz hidi sezilsa, darhol “104” ishonch telefoniga murojaat qilib, mutaxassis chaqirtirish zarur.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali tomonidan har qanday ob-havo sharoitida ham iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ta’minotda uzilish bo‘lmaslik choralari ko‘rilgan.
Gaz ta’minotiga oid savollar bilan Filialning 78-770-24-75, 79-222-01-41 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati