Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jondor tumanida 20 mingdan ortiq suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qiladi. Ularga 30-35 kun davomida belgilangan rejaga asosan gaz ballonlari o’z vaqtida yetkazib berilmoqda.
Soha xodimlarining bugungi manzili qaysi mahallaga yo’naltirilgan edi?
Bugun “Jondortumangaz” gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tumanning “Qazoqon” mahallasidagi Qazoqon qishlog’ida bo’ldi. 35 kunga bormay, belgilangan rejaga asosan o’z vaqtida gaz ballonlari egalariga yetkazildi. Kun davomida 2100 kg suyultirilgan gaz 105 ta xonadonga tarqatildi.
Jarayonlar hamda tizim xodimlarining faoliyatidan aholi minnatdormi?
Qishloq fuqarolaridan biri Qudrat Rahimov bu haqida o’zining ijobiy fikrlarini bildirib o’tdi.
-To’rt faslda ham gazchilar faol. O’z vaqtida gaz ballonimizni yetkazib berishadi. Ovqatlarmiz tayyor, choylarimiz qaynab turibdi. Gaz ballonlarini o’lchab olamiz. Biror muammo yuzaga kelsa 104 raqami orqali bog’lanamiz va murojaatlarimiz ham vaqtida hal etiladi.
Gaz ballonlaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerakmi?
Albatta kerak. Bu haqida joylarda targ’ibotlar davom etmoqda. “Qazoqon” mahallasida ham bugun bu borada targ’ibotlar olib borildi. Muammolar yo’q emas, ammo ularni o’z vaqtida bartaraf etish va gaz ballonlarini to’g’ri o’rnatish bo’yicha ko’rsatmalar, yo’riqnomalar berilmoqda.
Maishiy gaz ballonlarining o’rnatilish tartibi qanday?