Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Shovot" gaz to'ldirish shoxobchasi orqali asosan Xorazm viloyatining Gurlan, Qoʻshkoʻpir va Shovot tumanlari isteʼmolchilari belgilangan reja va aniq jadval asosida suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda.
Aholidan yig‘ilib, suyultirilgan gaz to‘ldirish uchun olib kelingan maishiy gaz ballonlari avvalo, og’ir qoldiqlari to’kilib, so‘ng gaz bilan to‘ldiriladi.
Gaz to‘ldirish shoxobchasi xodimlari tomonidan maishiy gaz ballonlardagi bar kodli yorliqlar yordamida olingan gaz ballonlari maxsus bazaga yuklanadi.
Chilangar o‘zi qabul qilib olgan to‘ldirilgan gaz ballonlarini har bir iste’molchiga bar kod va ID karta yordamida topshiradi.
Shu tariqa suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
"Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati