Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sport insonni nafaqat jismonan, balki ruhan va maʼnan sogʻlom qiladi. Shu maqsadda keyingi yillarda aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targʻib qilish borasida koʻp ishlar qilinmoqda. Mahallalarda, koʻp qavatli uylar atrofida sport maydonchalari qurilmoqda, taʼlim muassasalarida esa sport toʻgaraklari ochilib, maktab-internatlar ish boshladi. Jumladan, gaz taʼminoti korxonasi tomonidan ham sportni rivojlantirish, uni targʻib etish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filialida “Hududgaztaʼminot kubogi—2023” mini-futbol musobaqasining navbatdagi saralash bosqichi tashkil etildi. Unda “Hududgaz Buxoro” va “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali jamoalari oʻzaro bellashdi. Yarim final yoʻllanmasi uchun uchun kechgan bahsda buxorolik gazchilar gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati