Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlarga oʻz vaqtida yechim topishi qay sohada boʻlmasin muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni hal etish borasida ham qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali hamda uning shahar, tumangaz gaz taʼminoti boʻlimlarida nazorat va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi tomonidan aholi murojaatlarini qabul qilish va belgilangan muddatda kechiktirmay yechimini topish izchil yoʻlga qoʻyilgan.
Jumladan, joriy yilning oʻtgan shu davriga qadar filialga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 963 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 129 tasi tabiiy gaz bosimi pastligi, 291 tasi esa gaz taʼminotidagi uzilishlar bilan bogʻliq murojaatlardan iborat. Shuningdek, 176 tasi suyultirilgan gaz taʼminoti va 78 tasi gaz ballonlar, qolgani esa boshqa masalalardan iborat.
Yoʻllangan murojaatlarning 931 tasi koʻrib chiqilib, 806 tasi ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning 125 tasi yuzasidan esa tushuntirish berilgan, qolgan 32 ta murojaat esa tegishli mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Aytish kerakki, filial va uning tuman boʻlimlari tomonidan murojaatlarni ijrosini kechiktirmay oʻz muddatida taʼminlash chora-tadbirlari koʻrib kelinmoqda.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati