Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan joriy yilning shu davriga qadarsuyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan hududdagi 132 251 ta iste’molchilarga 18 408,43 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Xorazm viloyati aholisi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz hajmlarini ishlab chiqarish zavodlaridan tashib keltirishda “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialiga qarashli 7 dona MAN rusumli maxsus avtotransport vositalari jalb qilingan. Bundan tashqari aholi xonadonlariga suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlarda yetkazib berish uchun 33 dona ISUZU rusumli maxsus avtotransportlar vositalari mavjud.
Viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida ish olib borayotgan mutaxassis, chilangar va haydovchilar har doim texnika yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda ish olib borishadi.
Aholidan yig‘ilib, suyultirilgan gaz to‘ldirish uchun olib kelingan maishiy gaz ballonlari avvalo, og’ir qoldiqlari to’kilib, so‘ng gaz bilan to‘ldiriladi.
Gaz to‘ldirish shoxobchasi xodimlari tomonidan maishiy gaz ballonlardagi bar kodli yorliqlar yordamida olingan gaz ballonlari maxsus bazaga yuklanadi. Chilangar o‘zi qabul qilib olgan to‘ldirilgan gaz ballonlarini har bir iste’molchiga bar kod va ID karta yordamida topshiradi.
Urganch gaz to’ldirish stansiyasiva Shovot gaz to’ldirish shaxobchasi orqali aholi gaz ballonlarini to‘ldirish natijasida yoqilg‘i mahsulotlarini iqtisod qilishga va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish muddatini bir necha marotaba kamaytirishga erishildi.