Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tabiiy gaz oʻrniga muqobil yonilgʻidan foydalanishga oʻtish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Tuproqqalʼa tumanida joylashgan, pomidor va qulupnay yetishtirishga ixtisoslashgan “Green house company” issiqxonasi uchun Turkiya davlatidan keltirilgan koʻmirga moslashgan isitish qozoni oʻrnatilgan.
Bugungi kunda korxona tomonidan yiliga 150 tonna qulupnay va 1800 tonna pomidor yetishtirilmoqda.
Koʻmirdan foydalanish esa mahsulot tannarxining oshib ketish xavfini sezilarli darajada pasaytiradi, zero koʻmir gazga nisbatan arzonroq yoqilgʻi turi hisoblanadi.
“Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati