Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Kuz-qish davrida binoni isitish masalasi dolzarb boʻladi. Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, isteʼmolchilar batareyalarni poldan isituvchi moslamalarga almashtirishga koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Biroq, bu amaliyotda binoda izolyatsiyaning yetishmasligi tufayli energiya beton yoki yerni isitish uchun sarflanadi. Natijada esa tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmolining koʻpayishiga, energiya samaradorligining pasayishiga va issiqlikning 25-30 foizga yoʻqolishiga olib keladi.
“Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali rahbari Jahongir Xidirov maxsus tashkil etilgan “Press klub” koʻrsatuvida isteʼmolchilarga uylarda isitish tizimini qanday qurish kerakligi haqida toʻliq tushuntirish berdi.