Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJning 2025-yil 29-oktyabrdagi 18-19/88-sonli topshirig‘iga asosan “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialida ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash jarayonlarini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda filial rahbari I. Mamadjanov, nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mas’ul xodimlari hamda shahar, tuman gaz ta’minoti bo‘limlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida mazkur bo'limning so'nggi 10 oylik faoliyati yuzasidan batafsil tahlil o‘tkazildi. Xususan, ijro intizomi darajasi, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish holati, aholining murojaatlari bo‘yicha olib borilgan ishlar, ularning ko‘rib chiqilish tezligi va sifat ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda murojaatlar bilan ishlashda tizimlilik, shaffoflik va samaradorlikni oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xodimlar mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholining murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, har bir murojaatni manzilli o‘rganish va natijadorlikni ta’minlash borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
Filial rahbari I. Mamadjanov tomonidan ijro intizomi – tashkilot o'rni va xizmat sifati ko‘rsatkichining muhim omillaridan biri ekani ta’kidlanib, barcha bo‘limlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida 2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumida murojaatlar bilan ishlashni yanada yaxshilash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, sayyor qabullarni o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu jarayonlar “Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi, desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati