Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bu yilgi Yangi yil bayrami yurtimiz bo‘ylab har qachongidanda ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va ezgu niyatlar bilan nishonlanmoqda. Bayram munosabati bilan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan an’anaviy tadbir tashkil etildi. Xususan, filial hamda uning shahar va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari uchun Yangi yil sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Mazkur tashabbus xodimlar va ularning oila a’zolariga bo‘lgan e’tibor, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bayram shukuhini birgalikda baham ko‘rish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar jamoada ahillik va birdamlikni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shmoqda.