Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialining gaz to‘ldirish shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning malakasini oshirish hamda xavfsizlik talablariga rioya etish darajasini baholash maqsadida test sinovlari shaklidagi navbatdagi attestatsiya jarayoni o‘tkazilmoqda.
Mazkur sinovda viloyat bo‘ylab gaz to‘ldirish shoxobchalarida mehnat qilayotgan 50 nafardan ortiq xodim ishtirok etmoqda. Attestatsiya davomida ishtirokchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazilyapti. Xususan, gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish kabi muhim yo‘nalishlar asosiy e’tiborda.
Ta'kidlash joizki, bunday sinovlar xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish, ularni zamon talablari asosida ishlashga tayyorlash hamda aholiga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati