Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ona tabiatni asrash, uni boyitish - butun insoniyat oldidagi burch hisoblanadi. Har bir jamiyatning obod bo‘lishi, avvalo shu joydagi tabiatning, ekologiyaning sofligi va boyligiga tayanadi. Barchamizga ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yurtimiz ekologiyasini yanada boyitishni maqsad qilgan qator fikrlar, tashabbuslar ilgari surilmoqda. "Yashil makon" umummilliy harakati ana shular jumlasidandir
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali va uning shahar-tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy harakatining kuzgi mavsumida ham mevali, manzarali, estetik zavq beruvchi daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom ettirilmoqdi.
“Joriy mavsumning bog‘ yaratish ishlarini “Yangi Andijon”da boshladik, — deydi Filial Jamoatchilik Kengashi raisi Lutfullo Jalilov. – Hozirda tashkilotimiz tomonidan 78 tup archalar, 23 ta pavloniya ko‘chatlari ekilib bog‘ yaratildi. Turfa xil gullar ekildi. Korxonamiz binosiga ham 350 tup Toshkent rayhoni va 8 ta Vagner palma gullari o‘tqazildi. Bugungi kunda barchamiz ko‘cha va ish joylarimiz, balki o‘z xonadonlarimizni yashil makonga aylanishida hissa qo‘shmog‘imiz zarur...”
Bobur shahrida tashkil etilayotgan bog‘ yoshlar uchun hordiq chiqarish, sport va madaniy tadbirlar o‘tkazish imkoniyatini yaratadi. Yurtimiz bo‘ylab e’lon qilingan, daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashish maqsadida “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali va uning shahar-tuman bo‘limlari tomonidan ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlari davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati