Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Prezidentimizning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi siyosati bugungi kunda barchaga birdek tegishli bo‘lib, bunda yoshlarni qo‘llash orqali ularni kelajagi yorqin bo‘lishlari uchun hissa qo‘shish demakdir.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali rahbari Davronbek Ahmedov Andijon tumanining qizil toifaga kiruvchi “Qoraqalpoq” va “Bobog‘ozi” MFY yoshlari bilan uchrashgan va ularning murojaatlarini tinglagan edi. Mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi Barnoxon Qodirova hamda Qumrinsaxon Keldiboevalar o‘z murojaatlarida farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotganliklarini, imkon bo‘lsa mehnat qilib turmush sharoitlarini yanada yaxshilashlariga hissa qo‘shishmoqchi ekanliklarini aytishgandi.
“...Ota-onam va ikki farzandim bilan turaman, - deydi bobog‘ozilik Barnoxon Qodirova. – To‘g‘risi qo‘limda bichish-tikish ishlari keladi. Endi bemalol dasturxon tikib, tadbirkorlarga bersam ham oilamga yordam bo‘ladi. Bunday e’tibordan judayam mamnunman..”
Filialning Jamoatchilik kengashi raisi L.Jalilov “Yoshlar kuni” doirasida har ikkila yoshga tikuv mashinalarini topshirdi. Endi mazkur ayollarimiz uchun bola tarbiyasi bilan birga tikuv mashinadan foydalangan holda kelajagini yanada yaxshilashga imkon yaratildi. Yoshlar ham o‘z navbatida, bunday e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar dan rozi ekanliklarini alohida ta’kidladilar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati