Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyati musiqali drama teatrida o‘zbek dramaturgiyasining sara namunalaridan biri — Ibrohim Sodiqov qalamiga mansub “Afandining besh xotini” nomli komediya spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur asar o‘zining mazmuni, kulgili voqealari va hayotiy obrazlari bilan tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Premyerani “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali ishchi-xodimlari, ularning oila a’zolari hamda mehnat faxriylari ham tomosha qilishdi. Ular sahna asarini katta qiziqish bilan kuzatib, aktyorlarning mahoratiga yuqori baho berishdi.
Spektakl davomida kulgi va ijtimoiy mazmun uyg‘unligi tomoshabinlarga nafaqat zavq ulashdi, balki o‘zbek teatr san’atining boy an’analari va imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etdi.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati