Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filialida har shanba kuni an’anaviy hashar tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus doirasida filial xodimlari hududni obodonlashtirish, tozalash hamda atrof-muhitni yanada go‘zal ko‘rinishga keltirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Ayni paytda, yurtimizda keng nishonlanayotgan 65-xalqaro gullar festivali munosabati bilan filial hududi yanada fayzli tus olmoqda. Turli rang va navdagi gullar ekilib, hudud go‘yo rang-barang gulzorga aylantirilgan. Bu esa nafaqat xodimlarga, balki tashrif buyuruvchilarga ham bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Mazkur tadbirlar orqali "Hududgaz Namangan" jamoasi nafaqat o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishish, balki atrof-muhitni asrash, uni yanada chiroyli va obod qilish borasida ham ibrat bo‘layotgani alohida e’tiborga loyiqdir.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati