Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangi Namangantumangaz" gaz ta’minoti bo‘limida hashar tadbiri uyushqoqlik bilan tashkil etilib, unda barcha xodimlar faol ishtirok etdi. Tadbir davomida idora hududi tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yashil maydonlar tartibga keltirildi hamda atrof-muhit yanada ko‘rkam holga keltirildi.
Hashar jarayonida daraxtlar parvarish qilinib, yo‘laklar saranjom-sarishta holatga keltirildi. Bu esa jamoada birdamlik va mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, yurtimizda o‘tkazilayotgan 65-xalqaro gullar festivali munosabati bilan bo‘lim hududida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Turli xil gullar bilan bir qatorda pavloniya ko‘chatlari ham ekildi. Ushbu manzarali va tez o‘suvchi daraxt turi hududning ekologik muhitini yaxshilash, yashillikni ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bu kabi tadbirlar nafaqat obodonlashtirish, balki tabiatni asrash va uni boyitishga qaratilgan muhim qadamdir.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati