Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro tuman Rabotak, Istiqbol, Galaosiyo, Navro‘z, Do‘stlik, Mustaqillik, Oybek, Bog‘ikalon, Saxovat, Qavola Mahmud, Ko‘chko‘mar mahallalari va Buxoro shahar Moxi xossa mahallalarida gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi rekonstruksiya qilingan gaz quvurini ishga tushirish uchun 12-noyabr soat 9:00 dan 17:00 gacha hudud iste’molchilariga;
Gʻijduvon tuman O‘zanon, Tarxanon, Todon va Baraka mahallalarida gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi rekonstruksiya qilingan kesimi gaz quvurini ishga tushirish uchun 12- noyabr soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati