Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2024 yil yakunlari bo‘yicha navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2026 yil 8-yanvar kuni o‘tkaziladi.
Umumiy yig‘ilish soat 10:00 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uyda joylashgan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 09:45 dan boshlanadi.
KUN TARTIBI:
Sanoq komissiyasi soni va tarkibini tasdiqlash.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
Jamiyat ijroiya organining 2024 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari hamda biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish.
Jamiyatning 2024 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi auditor xulosalarini ko‘rib chiqish.
Jamiyatning 2024 yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash masalasini ko‘rib chiqish.
Jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish.
Jamiyat ijroiya organi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari amal qilish muddatini uzaytirish.
Umumiy yig‘ilishda aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr 2025 yil 15 dekabr, yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri esa 2025 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra shakllantiriladi. Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport, ularning vakillari esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98-uy. Rasmiy veb-sayt: www.hududgaz.uz
Elektron pochta: info@hududgaz.uz, korporativ@hududgaz.uz