Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Namanganshahargaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan shaharning har bir qismlaridagi tabiiy gaz quvurlarini doimiy nazorat qilib borilmoqda. Xususan, shaharning "Yangi qurilish" MFY Uychi ko'chasida joylashgan diametri 273 mm bo'lgan yer osti gaz tarmog'ini maxsus uskuna yordamida tekshirilganda gaz sizib chiqish holati aniqlandi.
Tezkorlik bilan shahargaz xodimlari tomonidan ushbu quvurni ta'mirlab, gaz sizish holati bartaraf etildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati