Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati 2025-yil 31-dekabrda yakunlanadigan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini Audit xalqaro standartlari (AXS) talablari asosida auditdan o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Tanlov shakli va o‘tkazilish joyi: Elektron tarzda — etender.uzex.uz
Ish hajmi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Xarid hujjatlarida keltirilgan.
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak: 1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining auditorlik tashkilotlari va akkreditatsiyadan o‘tgan auditorlik tashkilotlari reyestrida bo‘lishi; 2. Ishtirokchi audit sohasida O’zbekiston va MDH davlatlarida yirik energetika kompaniyalari, jumladan "Hududgazta’minot" AJning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar bo‘yicha, alohida va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazish bo‘yicha so‘nggi 5 yil ichida amaliy tajribaga ega bo‘lishi va tasdiqlovchi xujjatlarni bo‘lishi; 3. Ishtirokchi hujjatlarni taqdim qilayotgan sanada xalqaro auditorlik tarmog‘i a’zosi ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi; 4. Ishtirokchi kamida 100 milliard so‘m miqdorida kasbiy javobgarlik sug‘urtasiga ega bo‘lishi kerak; 5. Ishtirokchi MHXS va XAS sohasida zarur buxgalteriya hisobi (auditorlik) malakasiga ega bo‘lgan va MHXS sohasida ham auditorlik, ham tegishli konsalting xizmatlari bilan shug‘ullanadigan xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lgan shtatdagi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etishi kerak: • xalqaro miqyosda tan olingan ACCA Member/Fellow (4 nafar) / CPA (2 nafar) sertifikatiga ega bo‘lgan kamida 3 yillik ish tajribasiga ega 6 nafar malaqali mutaxassis mavjudligi; • loyiha jamoasining kamida 1 (bir) nafar a’zosi soliq masalalari bo‘yicha mahalliy sertifikatga ega bo‘lishi kerak; • loyiha jamoasining kamida 1 (bir) nafar a’zosi mahfiy hujjatlar bilan ishlash uchun mahalliy ruxsatga ega bo‘lishi kerak; • loyiha jamoasining kamida 1 (bir) nafar a’zosi AT (IT) auditi sohasida CISA xalqaro kasbiy malakasiga ega bo‘lishi kerak. Ishtirokchi loyihada qatnashuvchi mutaxassislar haqidagi ma’lumot va ularning malakasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Auditorlik jamoa rahbari audit tashkilotining rahbariyatdagi hamda rahbar auditor sifatida kamida 10 (o‘n) yil ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. (bitta mutaxassis ikki rol uchun hisobga qabul qilinishi ruxsat etilmaydi). 6. Ish natijasi (auditorlik xulosasi) xalqaro kredit reytinglarini belgilaydigan idoralar, shuningdek xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) va xorijiy davlat moliya tashkilotlari tomonidan davlat kafolatisiz investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tan olinishi va qabul qilinish kerak. 7. Ishtirokchi to‘lovga layoqatsiz yoki bankrot bo‘lmasligi, tugatish jarayonida bo‘lmasligi, tanlov ishtirokchisining shartnomani bajarishi uchun zarur bo‘lgan mulk taqiqda turmasligi, Ishtirokchining xo‘jalik faoliyati to‘xtatilmagan bo‘lishi kerak. - Ishtirokchi o‘zining moliyaviy ahvolini, obro‘sini, ish tajribasini va hokazolarni aks ettiruvchi ma’lumot xarakteridagi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishga haqli. Qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etmaslik ishtirokchini diskvalifikatsiya qilish uchun sabab bo‘lishi mumkin emas. - Auditor xizmat ko‘rsatish jarayonida olingan ma’lumotlarning to‘liq maxfiyligini va oshkor etilmasligini kafolatlashi kerak. - Auditor ushbu texnik topshiriqqa muvofiq barcha masalalarni qamrab olishiga majbur bo‘lib, sotib olish predmeti bo‘lgan xizmatlarning to‘liqligi va sifati uchun, shuningdek tanlovda ishtirok etish uchun ariza berganda bayon etilgan ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi uchun javobgarlik yuklanadi. - Tanlov takliflarini baholash ushbu texnik topshiriq talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan talablardan hech biriga muvofiq bo‘lmagan ishtirokchi aniqlansa, bunday ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinadi va uning taklifi keyingi o‘rinlarda ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. - 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi URQ–370 sonli Qonunga muvofiq etender.uzex.uz platformasida tender o‘tkazilib, yakuniy qaror: Shartnomani tuzish “Hududgazta’minot” AJ kuzatuv kengashining qarori bilan tender ishtirokchilari tomonidan taklif qilingan xizmatlar uchun minimal to‘lovdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
1. Doimiy ravishda ishlaydigan malakali ishchilarning mavjudligi (5 kishi.)- Ishchilarning guvoxnomalari nusxasi (tavsiya etiladi).
Tanlov takliflari 2025-yil 12 dekabr soat 18-00 gacha qabul qilinadi. Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: “Hududgaztaʼminot” AJ Mutaxassisi: Muhitdinov Said-Alixon (+998-99-030-79-97) Manzil: Chilonzor tumani, Muqumiy ko‘chasi 98-uy E-mail: info@hududgaz.uz.