Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgazta’minot" AJ 2025-yil uchun barqaror rivojlanish bo‘yicha hisobotni (ISSB: IFRS S1 va IFRS S2) tayyorlash yuzasidan konsalting tashkilotlari hamda mustaqil ekspertlarni hamkorlikka taklif etadi
Buyurtmachi mazkur e’longa ilova qilinadigan Texnik topshiriq loyihasi (TT) asosida ISSB (IFRS S1 va IFRS S2) standartlari talablariga muvofiq barqaror rivojlanish hisobotini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun konsalting tashkilotlari va mustaqil ekspertlarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
1. Xizmatlar hajmi va mavzusi
Xizmatlar TT loyihasiga muvofiq ko‘rsatiladi hamda quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Kompaniya uchun qo‘llaniladigan SASB standartlari asosida 2025-yil hisobotini tayyorlash;
Kompaniyaning ESG amaliyotlari bo‘yicha kompleks fit-gap tahlilini o‘tkazish;
Barqaror rivojlanish sohasidagi moliyaviy xatarlar va imkoniyatlarni baholash;
Axborot yig‘ish va ko‘rsatkichlarni hisoblash sifati baholash;
ISSB va SASB standartlari asosida 2026-yil hisobotini tayyorlashda ko‘maklashish.
Natijalar, muddatlar va ishlar tarkibiga qo‘yiladigan batafsil talablar TT loyihasida bayon etilgan.
2. Tijorat taklifiga qo‘yiladigan talablar
Tijorat taklifi kamida quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
xizmatlarning umumiy qiymati;
ishlarni bajarish bo‘yicha kalendar reja (bosqichlar va muddatlar);
loyiha jamoasi tarkibi, rollar taqsimoti hamda tegishli tajriba;
sug‘urta polisi nusxasi (konsalting tashkilotlari uchun).
3. Malakaviy talablar
Tanlovda TT loyihasida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan ijrochilar, jumladan, tegishli mutaxassislar mavjudligi, tasdiqlangan tajriba va sertifikatlarga ega bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
4. Muddatlar
Tijorat takliflarini taqdim etish muddati: 2026-yil 10-mart.
5. Takliflarni topshirish tartibi
Tijorat takliflari elektron shaklda quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi lozim: