Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialining “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” bo‘limi mutaxassisilari Asaka tumanida bo‘lishib, mahalla gazchilari orasida profilaktik suhbat o‘tkazdilar. Unda “Axtachi” va “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘ramida “Asakatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchilari bilan suhbatlashildi.
“...Mahalla gazchilari faoliyatida korrupsion holatlar bilan bog‘liq vaziyatlar ko‘p uchraydi, - deydi Filialning “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” bo‘limi boshlig‘i Azimjon Yunusov. – Mazkur xodimlarimiz bevosita aholi bilan ishlaydi. Yurtdoshlarimiz orasida esa ayrimlari belgilangan to‘lovdan qochish, noqonuniy ravishda gazdan foydalanish kabi holatlarda aksariyat gazchilarimizni kelishuvga chaqirishadi. Bu esa aynan korrupsion holatlar uchun sharoit yaratadi. Biz targ‘ibotlar davomida mana shunday holatlardan ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida tushuntirmoqdamiz...”
Suhbatlar davomida mutaxassislar sohada islohotlar amalga oshirilayotganligi, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganligi, bu illatni yo‘q qilishda barcha bir tanu bir jon bo‘lish kerakligini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, sohani korrupsiyadan xoli tizim qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish, halol mehnat qilish, noqonuniy ishlar, tarmoqdagi ulanmalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati