Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining toshirigʻiga asosan respublikamizning barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Bosh prokuratura ishchi guruhi, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumanida oʻtkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati fosh etildi.
Tumanning “Guzarboshi” MFY Hurriyat koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. Oʻ. oʻz yashash manzilida sumalak tayyorlash sexi tashkil qilib, tarmoqqa rezina shlang orqali toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 442 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.