Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Namangan viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha reyd tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Mana shunday tadbirlarning biri Yangi Namangan tumanida oʻtkazildi. “Ishonch” MFY hududida joylashgan YTT “S. Gʻ.”ga qarashli novvoyxonada tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz hisoblash uskunasidan tashqari yashirin quvur tortish orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 314 million 496 ming soʻmlik zarar hisoblandi.
Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Namangan viloyatida nazorat tadbirlari davom etadi.