Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda filial rahbariyati, uning Boshlangʻich kasaba uyushmasi hamda mutaxassislar va mehnatni muhofaza qilish sohasi vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy usullari, sun’iy intelekt va raqamlashtirish hamda ishlab chiqarishdagi xavfsizlik choralari hamda ishchilarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tizimda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar filialning Boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, savol-javob shaklida muloqot tashkil etildi.