Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi M. Xodjayev Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Zangibobo” MFYda boʻlib, aholi isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.
Bugungi kunda mazkur MFYda 992 ta isteʼmolchi tasdiqlangan reja-grafik asosida suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda. 2025-yil davomida mahalla ahliga 154 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Qayd etish kerak, isteʼmolchilarga gaz yetkazib berishda Face ID tizimidan foydalanilmoqda. Bu taʼminot jarayonini shaffoflashtirib, korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Boshqaruv raisi jarayonlarni koʻzdan kechirish davomida, aholi vakillari bilan ham bevosita suhbatlashdi. Unda, suyultirilgan gazni yetkazib berishdagi yangi tizim afzalliklari, kuzatuv kameralari va nazorat tarozilarining ishlashi, maishiy gaz ballonlarga belgilangan tartib va hajmda gaz toʻldirilishi, shuningdek, gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish boʻyicha fuqarolarga maʼlumotlar taqdim etildi. Xonadonlarga kirib, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Jarayon yakunida tizimni yanada yaxshilash va Andijon viloyatida Face ID tizimini joriy etishni yakuniga yetkazish boʻyicha masʼullarga tavsiya va topshiriqlar berildi.