Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tizimda “Arc GIS Enterprise Advanced” online boshqaruv dasturi tashkil etilgan bo’lib, bevosita tabiiy gaz ta’minoti obyektlaridan samarali foydalanish yo’nalishi ayni shu orqali raqamlashtirilgan. Bunday yangicha yondashuv esa gaz tarmoqlari va undagi qurilmalarga xizmat ko’rsatish davomida ish faoliyatini yanada sifatli tashkil etilishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minotida faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislari ham “ArcGIS Quick Capture” ilovasi orqali kunlik bajarilayotgan ishlar ma’lumotini “ArcGIS–HGT Onlayn boshqaruv” tizimiga onlayn tarzda yuklashmoqda. Jarayonlar davomida ular faoliyatining tahlil qilinishi barobarida ta’minotning uzluksiz yetkazib berilayotganligi monitoring qilinadi, shuningdek, avariya holatlari zudlik bilan aniqlanib, o’z vaqtida bartaraf etiladi, iste’molchilarga ko’rsatilayotgan xizmat sifati yaxshilanadi.