Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Guliston shahar Do‘stlik mahallasi, Xonadmir ko‘chasida joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi uzoq yillar davomida foydalanilgani sababli ma’nan va texnik jihatdan eskirgan edi. Aholiga uzluksiz va xavfsiz gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida mazkur hududda mavjud RDUK-200 rusumidagi yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasini zamonaviy RDUK-200 rusumidagi yangi qurilmaga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur modernizatsiya ishlari gaz tizimining barqarorligini oshirish, bosim ko‘rsatkichlarini me’yoriy holatda ushlab turish, shuningdek, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan gaz sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Yangilanayotgan qurilma zamonaviy xavfsizlik talablariga to‘liq javob berib, avariyaviy holatlarning oldini olish imkonini beradi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan eski uskunani demontaj qilish, yangi qurilmani o‘rnatish va sozlash bo‘yicha ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Mazkur yangilanishlar Do‘stlik mahallasi aholisi uchun gaz ta’minoti barqarorligini sezilarli darajada oshirishi kutilyapti.