Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayni damda Guliston shahrining Yangi hayot mahallasidan Guliston va Boyovut tumanlariga yo‘naltirilgan diametri 273 mm bo‘lgan yuqori bosimli gaz quvurini o‘rnatish ishlari “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining Qurilish va montaj qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yangi quvur o‘rnatilishi hududdagi mavjud gaz ta’minoti liniyasini modernizatsiya qilish, o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish va tizimning barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Qurilish jarayonida quvur yotqizish, payvandlash, izolyatsiya qilish va texnik xavfsizlik talablari asosida mustahkamlash ishlari bosqichma-bosqich bajarilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan barcha montaj jarayonlari texnik me’yorlar, bosim standartlari va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilingan holda olib borilmoqda. Yangi quvur to‘liq ishga tushirilgach, Guliston va Boyovut tumanlarida tabiiy gaz ta’minotining barqarorligi va uzluksizligi yanada yaxshilanadi.