Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali Call centeriga kelib tushayotgan barcha murojaatlar doimiy nazoratda bo‘lib, ularga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Operatorlar 1104 qisqa telefon raqami orqali iste’molchilar bilan 24/7 ish rejimida muloqot qilib, murojaatlarni qabul qilmoqda.
Oktabr oyida Filialning 1104 qisqa raqamiga 2 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Shundan 1091 tasi ijobiy hal etilgan, 1085 nafar iste’molchiga esa huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Murojaatlarning asosiy qismini qulfga tushib qolgan gaz hisoblagichlarini qulfdan chiqarish bo‘yicha so‘rovlar tashkil etdi.
Filialimiz operatorlari har bir iste’molchi bilan xushmuomalada muloqot qilib, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.