Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialining “Paxtaobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida "Yong‘in xavfsizligi" oyligi doirasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Unda tumandagi barcha hamkor tashkilotlar va mas’ullar bilan yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish masalalarini muhokama qilindi.
O‘quv-amaliy mashg‘ulot davomida ishtirokchilar yong‘in xavfining oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tez va samarali harakat qilish, shuningdek turli holatlarda xavfsizlik choralarini qo‘llash bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda tuman hokimi va prokurori tomonidan sovuq mavsumda energiya resurslaridan oqilona foydalanishning ahamiyati, mavjud tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati