Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berishda raqamlashtirishni sohaga tatbiq etilishi iste’molchilar uchun qulaylik yaratmoqda. Gaz sohasida amalga oshirilayotgan yangilik va barcha qulayliklar aholi farovonligi uchun xizmat qilmoqda. Bu borada suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi yangi FaceID tizimi ham gaz yetkazib berishni yanada osonlashtirib, iste’molchining vaqtini tejagan holda ortiqcha mashmashalarsiz gaz bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shmoqda.
Jalaquduq tumanidagi “Yangi ko‘rpa” mahalla fuqarolar yig‘ini tumanning eng chekka, chegaradosh hududlaridagi mahallalardan biri hisoblanadi. Bugun mazkur mahallada 358 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qiladi. Ularga “Jalaquduqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan shu kunga qadar 56 tonnadan ziyod gaz yetkazib berilgan. Avvallari ID kartalar asosida ish tashkil qilingan bo‘lsa, endi gaz yetkazib berishda planshetlardan foydalanilmoqda. Mazkur planshetlarda “E-gaz” dasturi integrasiya qilinib, iste’molchining qachon suyultirilgan gaz olganligi haqidagi ma’lumotlar sms xabarnoma orqali iste’molchiga va Jamiyatning maxsus bazasiga ma’lumot uzatib boradi. Har bir iste’molchi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanish jarayonida pasport ma’lumotlari orqali maxsus bazaga integratsiya qilinib, tizimga ulanmoqda.
“...Mazkur tizim masalan shaxsan menga juda ma’qul bo‘ldi, - deydi “Yangi ko‘rpa” MFY raisi Xolida Qurbonova. – Uyda farzandlarim, ota-onam bor. Ko‘p hollarda men ishda bo‘laman. Maxsus karta meni nomimda bo‘lganligi uchun avvallari, gaz kelishini kutardim. Endi bemalol uyidagilardan birontasi chiqib maishiy gaz ballonni alishtirib olishi mumkin ekan. Bu men uchun, nafaqat menga mahallamizning ko‘pchilik oilalariga qulaylik tug‘dirdi..”
Xo‘jaobod tumanining “Mustahqam” mahallasida ham 356 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qilishadi. “Mustahkam”liklar ham endi gaz yetkazib berish vaqtida oila a’zolaridan biron kishini qatnashishi talab etilishi kerak bo‘lishini tushundilar. Shuningdek, chilangarlar tomonidan gaz yetkazib berishda maishiy gaz ballonlardan foydalanish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar olmoqdalar. Xulosa qilib aytgan mazkur yangi tajriba aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishni tezlashtiradi v ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, maishiy gaz ballonlarni manzilli yetkazib berishda shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarni oldini olish ga hissa qo‘shadi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati