Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylarda targ’ibotlar davom etmoqda.
Navbatdagi jarayon bevosita mahallalar kesimida bo’lib, gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimlari har bir mahallada tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Ta’kidlash lozim, mahalla mas’ullariga yo’riqnomalar asosida ma’lumotlar berib, iste’molchilar bilan o’tkaziladigan tadbirlarda ularning xavfsizligini ta’minlash barchamiz uchun asosiy vazifalardan ekanligi qayd etilmoqda.
Navbatdagi jarayon G’ijduvon tumanida tashkil etildi. Filial xodimlari hamda tuman mas’ullari bir qator mahallalarda mahalla yettiligi asosida targ’ibot ishlarini kuchaytirish, xonadon va ijtimoiy obyektlarda xavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratishdi. Is gazidan zaharlanish, o’lim holatlarining ko’payishida aslida e’tiborsizlik sabab ekanligi qayd etildi.
Tarqatma materiallar mahalla mas’ullariga topshirilar ekan, targ’ibot ishini birgalikda samarali tashkil etish masalasiga ahamiyat qaratildi.