Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali va shahar-tuman bo‘limlari jamoalarining butun diqqat-e’tibori hozirgi kunda kuz-qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish va is gazidan ehtyoit bo‘lishga o‘tkazishga qaratilgan. Uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda ish olib borishga ahamiyat berilmoqda. Targ‘ibot vaqtida tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanishlik, qo‘lbola isitish anjomlari va rezina shlanglardan foydalanishning og‘ir oqibatlari haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bunda soha xodimlari iste’molchilarga gazdan noqonuniy foydalanmaslik, isitish pechlari va boshqa gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, shuningdek dudbo‘ron va mo‘rikonlarni tozaligiga ham ahamiyat berish kerakligini uqtirishmoqda.
Bu borada Paxtaobod tumanidagi aholi xonadonlarida ham targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. “Navbahor” MFYdagi hovli uylar hamda mahalla guzarlarida tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda. Bunda texnik qarov bilan birgalikda gaz xo‘jaligidan foydalanish qoidalariga alohida e’tibor qaratilyapti.
“Barcha iste’molchilarga gaz xo‘jaligidan foydalanish qoidalari tushuntirilmoqda. Gaz jihozlariga e’tiborsizlik oqibatida is gazidan zaharlanish kelib chiqadi. Targ‘ibotlarimizdan maqsad, xonadonlarda noxush holatlar ro‘y bermasin” - , deydi “Paxatobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gazchisi Qudratillo Abdullaev.
Kuz-qish davrida ham gaz plitalari, qozonxonalar, kaminlar, pechlar va boshqa gaz jihozlarining xavfsiz ishlashi uchun uy xo‘jaliklaridagi dudbo‘ronlar va shamollatish tizimini tekshirish zarur va shartdir. Hech bir mubolag‘asiz aytish kerakki, gaz sizib chiqish holatida, iz gazi paydo bo‘lganida, kvartira va uylar tutunga to‘lganda soz holatdagi shamollatish tizimi xavfli moddalarni tashqariga chiqarib, inson hayotini saqlab qolishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ularni o‘z vaqtida tekshirish va texnik xizmat ko‘rsatish juda muhimdir.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati