Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2024-yilda viloyat bo‘yicha suyultirilgan gaz iste’molchilari soni 492 ming 583 nafar bo‘lib, 2025-yil so‘ngida esa iste’molchilar soni 499 ming 180 tani tashkil etdi va 6 597 nafar yangi iste’molchilar safga qo‘shildilar.
“...O‘tgan 2025-yilda suyultirilgan gaz ta’minoti iste’molchilarga to‘la onlayn tizim asosida yetkazib berildi, — deydi “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialiniing Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati bo‘limi boshlig‘i Azizbek Sodiqov. – Iste’molchilarga oldingi yilga nisbatan yanada ko‘proq gaz yetkazib berildi. Shuningdek, suyultirilgan gaz yetkazib berishda yangi tizim Face ID tizimi joriy etildi. 2026 yilda ham o‘z oldimizga iste’molchilarni o‘z vaqtida suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilganmiz...”
Viloyatimiz aholi xonadonlari va boshqa turdagi iste’molchilarga o‘tgan yil davomida 84 ming 653 tonna suyultirilgan gaz iste’molchilarga yetkazildi. Bu degani, 4 million 232 ming 6 50 dona maishiy gaz ballonlari almashtirilib berildi, demakdir. O‘tgan vaqt mobaynida, belgilangan rejani “Marhamattumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi 122 foizga, “Qorasuvshahargaz” 103 foizga, Xonobod shahri, Oltinko‘l va Paxtaobod tumanlari xodimlari ham 100 foizdan oshirib bajardilar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati