Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2025 yil davomida “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda iste’molchilarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Yil mobaynida filialga jami 503 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 162 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni orqali qabul qilingan. Shuningdek, filialning o‘ziga 98 ta yozma va 243 ta og‘zaki murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 381 tasi ijobiy hal etilgan, 87 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan. Ayni paytda 35 ta murojaat o‘rganish jarayonida bo‘lib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish maqsadida filial rahbariyati tomonidan joriy yil davomida 12 ta sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu sayyor qabullar doirasida 203 nafar iste’molchi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari qabul qilindi va aksariyati ijobiy hal etildi.
Filial tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat qonunchilik talablari asosida, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.