Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasidagi mavjud gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari yakuniy bosqichga keltirildi. Xususan, umumiy uzunligi 4,5 kilometrni tashkil etuvchi gaz tarmog‘ini yangilash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib uning 4 kilometr qismi to‘liq qurib bitkazildi. Qolgan qismida esa ishlar belgilangan reja asosida jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar gaz bosimini barqarorlashtirish, nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur mahallada “aqlli mahalla” loyihasi doirasida ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalla hududidagi qo‘shqator gaz tarmoqlari yagona tarmoqqa o‘tkazilib, ular estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda. Gaz quvurlari esa zamonaviy talablarga mos holda bo‘yoqlanmoqda.
Bundan tashqari, hududda ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu kelgusida gaz yetkazib berishning ishonchliligi va xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati