Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joylarda gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mazkur oylik doirasida qizg‘in targ‘ibot ishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Olib borilayotgan targ‘ibotlarda mahallar, maktab, bog‘cha va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, shuningdek, boshqa ijtimoiy obyektlar qamrab olinmoqda. Aholiga is gaziga olib keluvchi sabablar, uni oldini olish choralari va gaz, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda. Zarur eslatmalar tarqatilmoqda.
Tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish avvalo, har bir fuqaro xavfsizligi uchun juda muhimligi uqtirilmoqda.
Suratda: Navoiy va Zarafshon shahri hamda Nurota tumanlarida o‘tkazilgan targ‘ibot jarayonlari aks etgan.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati