Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholini bir maromda va uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Hududlarda gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash, nosozliklarning oldini olish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish filial faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Xususan, “Davlatobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bu borada tun-u kun fidokorona mehnat qilmoqda. Mutaxassislar tomonidan gaz tarmoqlari va uskunalarining texnik holati muntazam ravishda ko‘zdan kechirilmoqda, avariya holatlarining oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, murojaatlarga tezkorlik bilan javob qaytarish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati